Adham Soliyev Dilafruz qo’shiq matni

Qo’shiq matni Adham Soliyev Dilafruz

Ziyoda ham bizni hech nazariga ilmadi,
Shahzodaning qo’lidan sovchilik ham kelmadi.
O’ylab uzun o’yimni yechaman endi,
Shu bugundan Ziyodadan kechaman endi.

Mahallamdan asta-sekin o’taman-o, o’taman,
Bilaman, qo’shnim qiziga yoqaman-o, yoqaman. (x2)
Ziyodaga olib qo’ygan tillo uzukni
Dilafruzxon, qo’llaringga taqaman-o, taqaman. (x2)

Ey, boqmasa boqmas, dardimni bilmasa, netaman endi?
Dilafruzxon, endi senga ketaman endi.
Bilmasa bilmas, qadrimni bilmasa, netaman endi?
Dilafruzxon, endi senga ketaman endi.
Dilafruzxon, sen tomonga ketaman endi.

Akam kelib, otasining jahli yomon deydi,
Dilafruzxon deganlarning yuragi qon deydi. (x2)
Qo’ygin endi, boshqa qizni tanla, ukajon,
Otasi bilsa, sani ham, uni ham yeydi-yo deydi.

Ey, boqmasa boqmas, dardimni bilmasa, netaman endi?
Dilafruzxon, qayga ketsang ketaman endi.
Bilmasa bilmas, qadrimni bilmasa, netaman endi?
Dilafruzxon, qayga desa ketaman endi.
Dilafruzxon, sen tomonga ketaman endi.

Har kuni ko’changda kutaman-o, kutaman,
Gul ko’tarib, devoringdan boqaman-o, boqaman. (x2)
Yigit so’zim – agar seni ololmasam,
Men o’zimni Sirdaryoga otaman, otaman.

Ey, yoqmasa yoqmas, dardimni bilmasa, netaman endi?
Dilafruzjon, qayga desang ketaman endi.
Bilmasa bilmas, qadrimni bilmasa, netaman endi?
Dilafruzjon, qayga desang ketaman endi.

Boqmasa boqmas, dardimni bilmasa, netaman endi?
Dilafruzxon, endi senga ketaman endi.
Bilmasa bilmas, qadrimni bilmasa, netaman endi?
Dilafruzxon, endi senga ketaman endi.
Dilafruzxon, sen tomonga ketaman endi.

 Adham Soliyev Dilafruz qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Adham Soliyev Dilafruz qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!