Afsona Aybim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Afsona Aybim

Soyangizda gul ko’nglim so’ldi,
Yuragimga armonlar to’ldi. (x2)
Mehringizdan o’zga gul kuldi, (x2)
Aybim sizni sevganim bo’ldi. (x2)

Adashgandim balki qachonlar,
Armon dilga sochdi xazonlar. (x2)
Foyda bermas bu pushaymonlar, (x2)
Aybim sizni sevganim bo’ldi. (x2)

O’z-o’zimga gullar tutaman,
Sabrim qaqshab, dardim yutaman, (x2)
Bilmam, tokay baxtim kutaman,
Aybim sizni sevganim bo’ldi,
Aybim sizni sevganim bo’ldi.

Jannatmidi, jahannammi ishq,
Sevar ko’zlar yoki nammi, ishq? (x2)
Toleimda balki kammi ishq, (x2)
Aybim sizni sevganim bo’ldi.

Soyangizda gul ko’nglim so’ldi,
Yuragimga armonlar to’ldi.
Mehringizdan o’zga gul kuldi, (x2)
Aybim sizni sevganim bo’ldi. (x2)

Afsona Aybim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Afsona Aybim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!