Akbar O’zbek ayoli qo’shiq matni

Qo’shiq matni Akbar O’zbek ayoli

Qo’l ochadi tongdan duoga,
Sig’inadi Alloh Taologa.
Yuzin chayar shabnam ziyoga,
Uyaltirar oyni jamoli,
Momo Havo – o’zbek ayoli.

Yuragida so’nmas muhabbat,
Yaraladi ishqidan hayot.
Orzu-umid umriga qanot,
Hijronlarni haydar visoli,
Ko’ksi dunyo o’zbek ayoli.

Ona, singlim, yorim, qizim u,
Kelajakni ko’rar ko’zim u.
Chechak unar bosgan izi u,
Yeru ko’kni quchar xayoli,
Zukko, dono o’zbek ayoli.

Har qadami jannatning o’zi,
Dasturxonda qalbi – non, tuzi.
O’zbek nomin kalima so’zi,
Kunday, tongday kulgan iqboli,
Vahiy, nido – o’zbek ayoli. {x2}

 Akbar O’zbek ayoli qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Akbar O’zbek ayoli qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!