Akbar So’yla majnuntol qo’shiq matni

Qo’shiq matni Akbar So’yla majnuntol

Qubbon sohilida qomating bukib,
Oltin barglaringni ko’l uzra to’kib,
Nimalar haqida surasan xayol,
So’yla majnuntol, so’yla majnuntol?

Yo tongda bir go’zal chiqdimi suvga,
Nigohing tushdimi ko’zi ohuga?
Seni band etdimu labidagi xol,
So’yla majnuntol, so’yla majnuntol?

Biz o’sha majnuntol, majnuntolman,
Majnuntol, majnuntolsan.

Biz o’sha majnuntol, majnuntolman,
(Jondan sevar edi bir-birin ular)
Majnuntol, majnuntolsan.
(Qalbda to’liq edi shirin orzular)
Biz o’sha majnuntol, majnuntolman,
(Bu bir sevgi edi, ulug’ barkamol)
Majnuntol, majnuntolsan.
(Xayr, xush qol…)

Tunda oy aksini ko’rdingmi suvda?
Balki izlaysan uni behuda.
Yo’qsa nega ma’yus ko’rinding, ne hol,
So’yla majnuntol, so’yla majnuntol.

Biz o’sha majnuntol, majnuntolman,
Majnuntol, majnuntolsan.

Biz o’sha majnuntol, majnuntolman,
(Jondan sevar edi bir-birin ular)
Majnuntol, majnuntolsan.
(Qalbda to’liq edi shirin orzular)
Biz o’sha majnuntol, majnuntolman,
(Bu bir sevgi edi, ulug’ barkamol)
Majnuntol, majnuntolsan.
(Xayr, xush qol…)

Bir kecha so’nggi bor uchrashdi ular,
Shu kecha aytilgan alamli so’zlar.
Bu bir sevgi edi, ulug’ barkamol,
Ketdi uvol, uvol…

 Akbar So’yla majnuntol qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Akbar So’yla majnuntol qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!