Alisher Fayz Alvido qo’shiq matni

Qo’shiq matni Alisher Fayz Alvido

Sevganimni shum taqdir
Begonaga uzatdi,
So’ng shu taqdirning o’zi
Yor-yor aytib kuzatdi.
Yonib-yonib kul bo’ldi
Yuraklarda sevgimiz,
Baxtin topgan kim bo’ldi
Baxtsiz bo’ldik ikkimiz.

Qaydan keldi sevgilim
Ikkimizga tengidan
Bu jafo…(bu jafo)
Hayr deyman sevgilim,
Alvidolar sevgilim, alvido.

Yolg’iz yurma inim deb
Majnunlar ham deydilar marhabo,
Ey ishq dardiga mubtalo
Etting endi bu dardim bedavo,
Bedavo.

Bu dunyoda muhabbat
Kimlar uchun o’yindir,
Qo’llarimda surating
Bugun to’yingdir!
Yig’lamasman ko’z yoshim
Daryolarga to’lsa ham,
Ayriliqning og’rig’i
Yomon bo’lsa ham.

Qaydan keldi sevgilim
Ikkimizga tengidan
Bu jafo…(bu jafo)
Hayr deyman sevgilim,
Alvido…

Yolg’iz yurma inim deb
Majnunlar ham deydilar marhabo,
Ey ishq dardiga mubtalo
Etting endi bu dardim bedavo.
Bedavo… Bedavo… Bedavo…

Alisher Fayz Alvido qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Alisher Fayz Alvido qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!