Alisher Fayz Atirgulim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Alisher Fayz Atirgulim

Bir ko’rishda seni tanlab adashmadim,
O’zga boqqa bog’bon bo’lib yarashmadim. (x2)
Go’zalga berib seni, deyman yor degin meni,
Iforingdan mast bo’lib, xo’p degani – kulgani.

Ey gulim, atirgulim, senla hayotim so’lim,
Yorni menga aldab ber, avrab ber, atirgulim. (x2)

Sen shu qizga o’xshaysan, go’zalligi, iforing,
Goho dilimga botar, sho’xliklari, tikoning. (x2)
Dardlarimni aytgani, sendan bo’lak hech kim yo’q,
Yorga meni yaxshilab maqtarsan deb ko’nglim to’q.

Ey gulim, atirgulim, senla hayotim so’lim,
Yorni menga aldab ber, avrab ber, atirgulim. (x4)

Alisher Fayz Atirgulim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Alisher Fayz Atirgulim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!