Alisher Fayz Ayol qo’shiq matni

Qo’shiq matni Alisher Fayz Ayol

Sen hayotda mehr ko’rmay
O’tgan bo’lsang yig’lama,
Yoki go’zal muhabbatdan
Ketgan bo’lsang yig’lama. (x2)
Alamlaring ichingga jim
Yutgan bo’lsang yig’lama.

Sen singlimsan, sen tenggimsan
Sen onasan, ey ayol,
Sen boridan, hammasidan
Go’zaldirsan, ey ayol.

Yig’lab qo’yma orzularing
Ko’z yosh bo’lib oqmasin,
O’y-hayollar olov bo’lib
Yana qayta yoqmasin.
O’tgan ketgan begonalar
Bechora deb boqmasin.

Sen singlimsan, sen tenggimsan
Sen onasan, ey ayol,
Qirq joningni yelga bermay
O’zingni asra hiyol.

Qo’y yig’lama ijozat ber
Ko’ngil, holing so’ray men,
Shubhalanma chin do’st bo’lib
Dildan suhbat quray men.
Gullar terib poyinggamas
Qo’llaringga beray men.

Sen singlimsan, sen tenggimsan
Sen onasan, ey ayol,
Qirq joningni yelga bermay
O’zingni asra hiyol.

Sen singlimsan, ey ayol,
Sen onasan, ey ayol,
Sen onamsan, ey ayol.

Sen hayotda mehr ko’rmay
O’tgan bo’lsang yig’lama…

Alisher Fayz Ayol qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Alisher Fayz Ayol qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!