Alisher Fayz Baxtlimisan qo’shiq matni

Qo’shiq matni Alisher Fayz Baxtlimisan

Bir ko’rishda sevganim,
Bir umrga sevganim,
Yagonamsan san manim,
Baxtlimisan, ayt?

Dersan balkim qaydalar,
Oyni urgan va’dalar?
Oshiq barin uddalar,
Baxtlimisan, ayt?

Tangri bergan boyligim,
Qoshi kamon yoyligim,
O’zimni chiroyligim,
Baxtlimisan, ayt? (x2)

Baxtlimisan, ayt? (x2)
Hayot yo’llaring
Men bilan bog’laganingga?

Baxtlimisan, ayt? (x2)
Afsuslanmaysanmi
Meni tanlaganingga?

Yillar o’tdi birpasda,
Savolim hazilmasda,
Bo’lmasin desang xasta,
Baxtlimisan, ayt?

Sara gullar donasi,
Farzandlarim onasi,
Ko’nglimning yagonasi,
Baxtlimisan, ayt?

Tangri bergan boyligim,
Qoshi kamon yoyligim,
O’zimni chiroyligim,
Baxtlimisan, ayt?

Gohida ko’zingda yosh,
Gohi men sal bag’ritosh,
Kel, bo’lay senga sirdosh,
Baxtlimisan, ayt?

Baxtlimisan, ayt? (x2)
Hayot yo’llaring
Men bilan bog’laganingga?

Baxtlimisan, ayt? (x2)
Afsuslanmaysanmi
Meni tanlaganingga?

Tangrim bergan boyligim,
Qoshi kamon yoyligim,
O’zimni chiroyligim,
Baxtlimisan, ayt?

Javobing ajoyib bo’ldi,
Sevinchdan ko’zlaring kuldi,
Xotirim endi jam bo’ldi,
Baxtliman shu payt!

Baxtliman shu payt, (x2)
Hayot yo’llarim
Sen bilan bog’laganiga.

Baxtliman shu payt, (x2)
Afsuslanmayman
Seni tanlaganimga!

Bir ko’rishda sevganim,
Bir umrga sevganim…

Alisher Fayz Baxtlimisan qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Alisher Fayz Baxtlimisan qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!