Anvar Sobirov Xayr qo’shiq matni

Qo’shiq matni Anvar Sobirov Xayr

Suydi yurak, kuydi dil,
Ko’zim yoshlab qolaman.
Jonim, bugun alamdan
Otash bo’lib yonaman. (x2)

Nola qildim Xudoga,
Yetmadi mening so’zim.
Qo’lim ochib duoga
Kuzatdim yorni o’zim.

Xayr deyman, xayr,
Xayr, gulyuzim,
Sahroda kemaday
Qoldim men o’zim. (x2)

Kechirilmas gunohim,
Yuragimda dog’ qoldi.
Muhabbatim armon bo’lib,
Bog’boni yo’q bog’ qoldi. (x2)

Nola qildim Xudoga,
Yetmadi mening so’zim.
Qo’lim ochib duoga
Kuzatdim yorni o’zim.

Xayr deyman, xayr,
Xayr, gulyuzim,
Sahroda kemaday
Qoldim men o’zim. (x6)

Anvar Sobirov Xayr qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Anvar Sobirov Xayr qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!