Asal Shodieva Men qalbimni yo’qotmoqdaman qo’shiq matni

Qo’shiq matni Asal Shodieva Men qalbimni yo’qotmoqdaman

[Asal Shodieva]
Men qalbimni yo’qotmoqdaman,
Parokanda bo’lmoqda hislar.
Armonlarga yo’liqmoqdaman,
Ogoh bo’ling holimdan, do’stlar.

[Baxtiyor Rahmonov]
Qiyma-qiymalayotir qaqshatib,
Yuragim yig’lar ozor.
E’tiqodsiz erta dahshati,
Rastalarga termoqda bozor.

Chirog’i bor yurak qayda bor?
Ayting qaydan topay so’roqlab.
Qarshsida, qarshisida to’yib yig’lay zor,
Vujudimni olayin poklab. (x2)

[Asal Shodieva]
Bokiralik yarashur asli
Tabiatning og’riq ko’ksiga.
Boshim qo’yib qilayin arzim,
Armon qo’shib dilim o’ksigiga.

[Baxtiyor Rahmonov]
Tiz cho’kaman holimdan toyib,
Ashq zahridan sarg’ayar o’tlar.
Nelarnidir ko’ngliga tuyib,
Behis boqar menga manqurtlar.

Chirog’i bor yurak qayda bor?
Ayting qaydan topay so’roqlab.
Qarshsida, qarshisida to’yib yig’lay zor,
Vujudimni olayin poklab. (x2)

[Asal Shodieva]
Men qalbimni yo’qotmoqdaman…
Ogoh bo’ling…

Asal Shodieva Men qalbimni yo’qotmoqdaman qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Asal Shodieva Men qalbimni yo’qotmoqdaman qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!