Aslbek Negmatov Zolima qo’shiq matni

Qo’shiq matni Aslbek Negmatov Zolima

Xayol seni eslasa gar,
Bazmlarda kulolmadim,
Sho’x sozli bu navolarga
Ko’ngil yozib o’ynolmadim.

O’zga yorning quchog’ida
To’yib-to’yib uxlolmadim,
Ul yor sezmasmikin deya,
Bo’zlab-bo’zlab yig’lolmadim.

Ming bir yorlar qarashlarin
Senga o’xshatolmadim,
Ul yorlarning so’zlaridan
Ma’nolarni topolmadim.

Voy yondirding jonima,
Aldamchiyey, zolima. (x2)
Dushmanim ham boshim silar,
Ko’rib mani holima. (x2)

Gulim, taqdir iplariyey
O’zga gulga boylonadi,
Shu onlarda bahorima
Kuzlargayey aylonadi.

Yorim endi o’zga bilan
Tonglarda uyg’onadi,
Nechun dunyo mendan shu on
Havolarni qizg’onadi?

Barisiga chidab yurak,
Bir zarbaga chidolmadi,
U o’zganing quchog’ida,
Tunlarda to’lg’onadi.

Voy yondirding jonima,
Aldamchiyey, zolima. (x2)
Dushmanim ham boshim silar,
Ko’rib mani holima. (x2)

Voy yondirding jonima,
Aldamchiyey, zolima. (x2)
Dushmanim ham boshim silar,
Ko’rib mani holima. (x2)

Aslbek Negmatov Zolima qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Aslbek Negmatov Zolima qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!