Bojalar guruhi Armondaman qo’shiq matni

Qo’shiq matni Bojalar guruhi Armondaman

Otam o’tdi dunyodan,
Do’stim o’tdi dunyodan,
Rozilik oldimmi yo’qmi, bilmayman.
Qancha umrim berilgan,
Qachon rizqim tugarkan, bilmayman.

Yaqinlarim tirikligida
Nima qildim ularga?
Armondaman, armondaman.
Gunohmi yoki savob
Qay birin qildim serob?
Armondaman, armondaman.

Ota-ona, do’stlaringni
Nasihat so’zlarini
Eslab qol, eslab qol.
Ezgulik va har duoni
Asli g’animatligini
Anglab qol, eslab qol.

Yaxshi yomon kunlarimda,
Sinovli tunlarimda
Noliganman, armondaman.
Marhum va tiriklarni
Kecharkan ko’stlarini
Allohim, Allohim.

Otam o’tdi dunyodan,
Do’stim o’tdi dunyodan,
Rozilik oldimmi yo’qmi, bilmayman.
Qancha umrim berilgan,
Qachon rizqim tugarkan, bilmayman.

Yaqinlarim tirikligida
Nima qildim ularga?
Armondaman, armondaman.
Gunohmi yoki savob
Qay birin qildim serob?
Armondaman, armondaman.

Bojalar guruhi Armondaman qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Bojalar guruhi Armondaman qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!