Bojalar guruhi Lol bo’laman qo’shiq matni

Qo’shiq matni Bojalar guruhi Lol bo’laman

Oh mani dilbarim, ko’zlari xulkarim,
Har kecha husniga lol bo’laman.
Lol bo’lib, anqayib, jim turib, tirjayib,
Hayratdan tilim bemajol bo’laman.

Qomatiga har qanaqa matodanam
Kiyim kiysa yarashadir,
Ey, hammasidan boshqacha
Bu marg’iloncha atlasiga lol bo’laman.

Lol bo’laman, lol bo’laman-ey,
Marg’iloncha atlasiga lol bo’laman.
Lol bo’laman, lol bo’laman-ey,
Marg’iloncha atlasiga lol bo’laman.

Oh buncha nozanin, mulozamati shirin,
Jilmayib so’z desa, lol bo’laman.
Jahl qilib, lab burib, begonaga rashk qilsa,
Sahargacha she’r yozib, bedor bo’laman.

Hovliga suv sepganda, qo’ni-qo’shni chiqqanda,
Salom berib, choy uzatsa yarashadir.
Jazavasidan tushib yana,
Atlas ko’ylak kiyib chiqsa, lol bo’laman.

Lol bo’laman, lol bo’laman-ey,
Marg’iloncha atlasiga lol bo’laman.
Lol bo’laman, lol bo’laman-ey,
Marg’iloncha atlasiga lol bo’laman.

Xo’p, xo’p, xo’p jon aka, Toshkentdan Farg’onaga,
Yo’l-yo’lakay “pereval”da choyxonada osh bor, aka.
Oboramiz-ey, oboramiz-ey, qatga desayiz oboramiz-ey,
Faqat yo’lda 45 minut “zaprav”ka qivolamiz-ey.

Lol bo’laman, lol bo’laman-ey,
Marg’iloncha atlasiga lol bo’laman. (x3)

 Bojalar guruhi Lol bo’laman qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Bojalar guruhi Lol bo’laman qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!