Botir Qodirov Adashdim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Botir Qodirov Adashdim

Uzun-uzun sochlaringni qarosida adashdim,
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim. (x2)

Umidvor bo’ldi ko’ngil visoling lazzatiga,
Ammo hijronning jabru-jafosida adashdim.
Umidvor bo’ldi ko’ngil visoling lazzatiga,
Ammo hijronning dardi-davosida adashdim.

Ishq sahrosin kezib dor, sani izladim bedor,
Topolmay ko’z yoshlarim daryosida adashdim.

Uzun-uzun sochlaringni qarosida adashdim,
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim.
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim.

Adashganim bo’ldi rost, gul umrimdan ketdi yoz, (x2)
G’o’r yoshlikning tuzalmas xatosida adashdim. (x2)

O’chmadi shirin yoding xayolim ko’zgusidan, (x2)
Seni izlab o’zga yor siymosida adashdim. (x2)

Uzun-uzun sochlaringni jilosida adashdim,
Ikki kamon qoshlaringni qarosida adashdim.
Ikki kamon qoshlaringni jilosida adashdim,
Uzun-uzun sochlaringni jilosida adashdim.

Botir Qodirov Adashdim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Botir Qodirov Adashdim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!