Botir Qodirov Ey dil qo’shiq matni

Qo’shiq matni Botir Qodirov Ey dil

Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam og’rimaysan,
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig’lamaysan?
Kaftda tutay, gulga o’ray,
Nima qilsam yig’lamaysan?

Tiling bo’lsa aytgin axir
Ketaylikmi osmonlarga?
Odami yo’q, ozori yo’q,
Bozori yo’q tomonlarga? (x2)

Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam og’rimaysan,
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig’lamaysan?

Shabnamdayin to’kdilarku,
Tariqdayin sochdilarku,
Har kasodning bozorida
Savdo qilmay sotdilarku. (x2)

Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam og’rimaysan,
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig’lamaysan?

Qirni yorgan qirq chechaksan,
Ishq ahliga belanchaksan, (x2)
Tashna kelsam mehring buloq,
Kaftda tutib jonhalaksan.

Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig’lamaysan,
Ey dil, seni nima qilay,
Nima qilsam yig’lamaysan?

Ey dil…

Botir Qodirov Ey dil qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Botir Qodirov Ey dil qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!