Botir Qodirov Qiynoqda qo’shiq matni

Qo’shiq matni Botir Qodirov Qiynoqda

Taqdir – poshsho, bizning aytganni qilmas,
Dardimizni bizdan o’zgalar bilmas. (x2)
Netay, oyda bir bor ko’rgayman seni,
Asli sendan bir on ajragim kelmas. (x2)

Sen dovondan u yoqda, men bu yoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi firoqda.
Sen dovondan u yoqda, men bu yoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi firoqda.

Suyganingdan olis yurmoq yomondir,
Yoningga bormoqdan qaytmoq osondir. (x2)
Hijron o’zi zo’r azobki bilmayman,
Bu hijrondan qanday jonlar omondir? (x2)

Sen dovondan u yoqda, men bu yoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi firoqda.
Sen dovondan u yoqda, men bu yoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi qiynoqda.

Yaxshiyamki bardosh bor, qanoat bor,
Hayotda turfa xil sir-sinoat bor. (x2)
Ey, sevgilim, bariga sabr aylasak,
Bizga ikki dunyo baxt-saodat bor. (x2)

Sen dovondan u yoqda, men bu yoqda,
Umrimizning yarmi o’tdi qiynoqda.

Umrimizning yarmi o’tdi qiynoqda. (x2)

Botir Qodirov Qiynoqda qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Botir Qodirov Qiynoqda qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!