Botir Zokirov Ra’no qo’shiq matni

Qo’shiq matni Botir Zokirov Ra’no

Barnolar ichra barno – Ra’no,
Gulmisan, gulyormisan,
Gulmisan, gulyormisan?
Oshiqqa dildormisan?
Hamma gullardan a’lo – Ra’no,
Hamma gullardan a’lo – Ra’no, Ra’no.

Ne, ne yigitlar shaydo – Ra’no,
Bir kulib kalovlatding,
Qalbimni olovlatding, Ra’no.
Xumor ko’zlari shahlo – Ra’no,
Xumor ko’zlari shahlo – Ra’no, Ra’no.

Hayoti to’la ma’no – Ra’no,
Sinmasin yoshlik o’ti,
Sinmasin yoshlik o’ti,
Ko’chamdan turgin o’tib,
Baxtingdan baxtim paydo, Ra’no,
Baxtingdan baxtim paydo, Ra’no, Ra’no.

Barnolar ichra barno – Ra’no,
Gulmisan, gulyormisan?
Oshiqqa dildormisan, Ra’no?
Hamma gullardan a’lo – Ra’no,
Hamma gullardan a’lo – Ra’no, Ra’no.

Botir Zokirov Ra’no qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Botir Zokirov Ra’no qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!