Davron Ergashev Bir seni qo’shiq matni

Qo’shiq matni Davron Ergashev Bir seni

Sen gul eding, ochilgan bir men uchun,
Sen nur eding, sochilgan bir men uchun,
Zor yuragim dardiga bir umrlik,
Bor quvonchu baxtimga bo’lgan sherik.
Yur sevgilim, bo’laylik birga yana,
Eslashib shod kunimiz, o’tmasin zor umrimiz.

Men yana bir seni sevsam,
Yana bir seni, bir seni desam,
Burmagin yuzlaring,
Eslagin so’zlaring.

Yana bir seni, bir seni sevsam,
Yana bir seni, bir seni desam,
Rad etma so’zlarim,
Meni ham o’ylagin, jonim.

Kel, to’lmasin dilga dard-hasratimiz,
Kech qolmasin bu baxtli fursatimiz.
Zor o’tmasin xush visol onlarimiz,
Tun kechalar, bu yorug’ tonglarimiz.
Yur sevgilim, bo’laylik birga yana,
Eslashib shod kunimiz, o’tmasin zor umrimiz.

Men yana bir seni sevsam,
Yana bir seni, bir seni desam,
Burmagin yuzlaring,
Eslagin so’zlaring.

Yana bir seni, bir seni sevsam,
Yana bir seni, bir seni desam,
Rad etma so’zlarim,
Meni ham o’ylagin, jonim.

Davron Ergashev Bir seni qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Davron Ergashev Bir seni qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!