Dildora Niyozova Kelin qo’shiq matni

Qo’shiq matni Dildora Niyozova Kelin

To’ydan uch kun o’tiboq,
Boshlanadi hammasi,
Hayot ekan ko’ramiz,
Turmush degan tamg’asin. (x2)

Buzilmasin desangiz,
Kuyov bola va’dasi,
Qaynonaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynotaga do’st bo’ling, kelin.

Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Kelin, kelin, oy kelin,
Go’zallikka boy kelin,
Kulishlari yarashgan,
Ham iboli oy kelin. (x2)

Ayamang xush kalomni,
Ham aligu salomni,
Har nimaga chalg’imay,
Shirin qiling taomni. (x2)

Kuyov bola teskari
Kiymasidan to’nini,
Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Kelin, kelin, oy kelin,
Go’zallikka boy kelin,
Kulishlari yarashgan,
Ham iboli oy kelin. (x2)

Kurmagisiz guruch yo’q,
Yaxshi uyda urush yo’q,
Tosh kelganda kemiring,
Suv kelganda simiring.

Qozonmoq uchun kuyov
Muhabbatu sevgisin,
Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Qaynotaga qiz bo’ling, kelin,
Qaynonaga do’st bo’ling, kelin.

Kelin, kelin, oy kelin,
Go’zallikka boy kelin,
Kulishlari yarashgan,
Ham iboli oy kelin. (x2)

Kelin, kelin, oy kelin,
Go’zallikka boy kelin,
Agar ko’nglin topsangiz,
Uy to’rida joy, kelin.

Agar ko’nglin topsangiz,
Uy to’rida joy, kelin.

 Dildora Niyozova Kelin qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Dildora Niyozova Kelin qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!