Eldido guruhi Erishaman tilagimga qo’shiq matni

Qo’shiq matni Eldido guruhi Erishaman tilagimga

[Eldido]
Ayt, ayt, sen ham sezasanmi buni,
Yuraging bu nozik tuyg’uni
His etadimi?
Men, men ko’zlarimni yumib shu on,
Uchaman xayolan sen tomon,
Ochgin bag’ringni.

[Manzura]
Osmonlarga sig’magan sevgimiz,
Joyla yuragimga.
Baxtga yetolamiz ikkimiz,
Erishaman tilagimga. (x2)

[Eldido]
Tingla yuragimning har urishini,
Sen tomonga talpinishini,
Ichimga sig’may.
Kezaman bu dunyoni yolg’iz-yagona,
Istagim seni ko’rish yana,
Meni kuttirma.

[Manzura]
Osmonlarga sig’magan sevgimiz,
Joyla yuragimga.
Baxtga yetolamiz ikkimiz,
Erishaman tilagimga. (x2)

[Eldido]
Suratingni saqlayman
Men mangu yuragimda,
Necha yillar va necha fasllar.
Yoshga to’la ko’zlarim,
Izlaydi seni har on,
Har on.

[Manzura]
Osmonlarga sig’magan sevgimiz,
Joyla yuragimga.
Baxtga yetolamiz ikkimiz,
Erishaman tilagimga. (x2)
Osmonlarga sig’magan sevgimiz (ha-hay),
Baxtga yetolamiz ikkimiz (ha-hay),
Erishaman tilagimga.

Eldido guruhi Erishaman tilagimga qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Eldido guruhi Erishaman tilagimga qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!