Farhod va Shirin Shaq-shaqi qo’shiq matni

Qo’shiq matni Farhod va Shirin Shaq-shaqi

Shaq-shaqi dandoning o’zim,
Chaq-chaqi xandoning o’zim. (x4)

Ko’z tutaman yo’llaringga,
Dil tutaman qo’llaringga. (x2)
Gul ko’raman bo’ylaringda,
Jon beraman ko’ylaringda. (x2)

Ko’z tutganda kelarmisan,
Dardi-holim bilarmisan? (x2)
Yorim desang yoningdaman,
Jonim desang joningdaman. (x2)

Shaq-shaqi dandoning o’zim,
Chaq-chaqi xandoning o’zim. (x4)

Sazovoring bo’lay man,
Vafodoring bo’lay man,
Ishqing bilan jon chekib,
Giriftoring bo’lay man.

Dardingni olay o’zim,
To’rvaga solay o’zim,
To’rva teshilib ketsa,
Darding qo’shilib ketsa.

Jonim, berilib o’yna,
Ko’zim to’yib ulgursin,
Sani yomon deganlar
Tom ustida yugursin.

Shaq-shaqi dandoning o’zim,
Chaq-chaqi xandoning o’zim. (x4)

Anorim dona bo’ldi,
Dona-yagona bo’ldi,
Yor bo’yini ko’rganda
Aqlim begona bo’ldi. (x2)

Anorni dona qilding,
Mani devona qilding,
Bo’ylaringni ko’rsatib,
Baxtim nishona qilding. (x2)

Anorim dona bo’ldi,
Dona-yagona bo’ldi,
Yor bo’yini ko’rganda
Aqlim begona bo’ldi. (x2)

Anorni dona qilding,
Mani devona qilding,
Bo’ylaringni ko’rsatib,
Baxtim nishona qilding. (x2)

Chiq-chiqi dandonim o’zing,
Liq-liqi larzonim o’zing. (x4)

 Farhod va Shirin Shaq-shaqi qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Farhod va Shirin Shaq-shaqi qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!