Farruh Komilov Muqaddas ayol qo’shiq matni

Qo’shiq matni Farruh Komilov Muqaddas ayol

Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo’ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo’ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo’ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Yor uyida mohirasan necha zamonlar,
Yaxshini ham yomon deydi o’zi yomonlar,
Yolg’onligi oshkor bo’lar bir kun gumonlar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol. (x2)

Sen opasan, sen singilsan yo mehribon qiz,
Ibolisan, hayolisan, mudom yorug’ yuz,
Shunday go’zal zebolarga ta’zimdadirmiz,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Sen onasan – parvonasan go’dakkinangga,
O’g’ilmi qiz farzand bersin etakkinangga,
Goh bolangning so’zi botar yurakkinangga,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol. (x2)

Asli bu bog’ ermaklarning borar yeri sen,
Rostu yolg’on ertaklarning borar yeri sen,
Asov otdek erkaklarning borar yeri sen,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Qirqta joni bor deb gohi qarolmaganmiz,
Goh olisda yurib, holing so’rolmaganmiz,
Yor bo’lib, lek goh do’sting bo’lolmaganmiz,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

 Farruh Komilov Muqaddas ayol qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Farruh Komilov Muqaddas ayol qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!