Feruza Egamova O’sma qo’shiq matni

Qo’shiq matni Feruza Egamova O’sma

O’sma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)

G’uncha ochilsa bo’ldi,
Gul bo’ladi debsanda.
San yomondan ayrilsam,
Zo’r keladi debsanda.

Yomon bo’lsam yonimda
Yurganing nimasi?
Har qadamda gul otib,
Turganing nimasi?

O’sma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)

Anor siqding, bir yayrab,
Suvidan ichay endi.
Sog’inganman arazning
Bandini yechay endi. (x2)

O’sma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)

Bo’ldi mani o’ylama,
Tutar sevgi xumori.
Agar yorim bo’lsangda,
Man ko’ksingning tumori.

Olib yurgin erkalab,
Choy uzatay ertalab.
Baxtiyor qilgin mani,
Turay yoningda gullab.

O’sma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)

 Feruza Egamova O’sma qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Feruza Egamova O’sma qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!