G’ayrat Usmonov Yor-yor aytamiz qo’shiq matni

Qo’shiq matni G’ayrat Usmonov Yor-yor aytamiz

Sizga to’ylar kelodi –
Bizga o’ylar oy boshi,
Qismatimga qo’l berib,
O’zim bo’lay to’yboshi.

Soylar soyga oqdilar,
Boylar sizga boqdilar,
Nima bo’lsa, men bo’lay –
Egilmasin boy boshi.

Suv yo’lidan yurmagin –
Ezilmasin yuraging,
Ikkimizni bir ko’rmay
Yig’layabdi soy boshi. (x2)

Sizga “yor-yor” aytamiz,
To’lib to’ydan qaytamiz,
Sizga bo’lgan hislarni
Endi suvga aytamiz.

Sizga “yor-yor” aytamiz,
To’lib to’ydan qaytamiz,
Sizga bo’lgan hislarni
Endi soyga aytamiz.

Gado bo’lsam mayliyu,
Ado bo’lsam mayliyu,
Manziliga yetganda
Qayrilmasin toy boshi.

Qayda oshiq xor emas,
Bizga xorlik or emas,
Yig’larmidi to’yingda
Qirqilmasa nay boshi?!

Go’shangada uyola,
Yorga tutsang piyola,
Mug’anniyga atalib
To’kilmasin choy boshi. (x2)

Sizga “yor-yor” aytamiz,
To’lib to’ydan qaytamiz,
Sizga bo’lgan hislarni
Endi suvga aytamiz.

Sizga “yor-yor” aytamiz,
To’lib to’ydan qaytamiz,
Sizga bo’lgan hislarni
Endi soyga aytamiz.

G’ayrat Usmonov Yor-yor aytamiz qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu G’ayrat Usmonov Yor-yor aytamiz qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!