G’ayrat Usmonov Zulxumor qo’shiq matni

Qo’shiq matni G’ayrat Usmonov Zulxumor

Kel yonima Zulxumor,
Yarash-yarash qilaylik,
Arazni qo’y, kel xumor,
Qarash-qarash qilaylik. (x2)

Yo’lingga gul poyondoz,
Bulbul kuyi intizor,
Kel, dilga kim tez olov
Qalash-qalash qilaylik. (x2)

Yarash-yarash qilaylik,
Qarash-qarash qilaylik, (x2)
Zulxumor, kel yonima.

Vaslingda quvnab sabo,
To’zg’itsa kokillaring,
Sochlaringni kim yaxshi
Tarash-tarash qilaylik.

Quvnashib o’ynashaylik,
Xayron qolsin chamanlar,
Bir olmani ikkimiz
Talash-talash qilaylik.

Mug’anniyni unutma,
Navolarim mast qilsin,
Men senga, sen menga baxt
Tilash-tilash qilaylik. (x2)

Yarash-yarash qilaylik,
Qarash-qarash qilaylik, (x2)
Zulxumor, kel yonima.

Yarash-yarash qilaylik,
Qarash-qarash qilaylik, (x2)
Zulxumor, kel yonima.

G’ayrat Usmonov Zulxumor qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu G’ayrat Usmonov Zulxumor qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!