Alisher Fayz Oy qizi qo’shiq matni

Qo’shiq matni Alisher Fayz Oy qizi

Bo’ylarimga bo’yingiz mos ekan deb suyibman,
Yuragimga qanchalar orzu-havas tuyibman. (x2)
Telba debsiz, rostdan ham o’xshab qoldim telbaga,
Kelin bo’larsiz debmaney man yashagan kulbaga,
Kelin bo’larsiz debmaney man yashagan kulbaga.

Voh, qaydanam uchradi sizdek go’zal boy qizi,
Sovchi qoyib qoraydi mendek g’aribning yuzi.
Voh, qaydanam uchradi sizdek go’zal oy qizi,
Sovchi qoyib qoraydi mendek g’aribning yuzi.

Bir so’z aytib ketdingiz g’ururimni pichoqlab,
Endi yig’lab yotar bo’ldim, xo’l bolishni quchoqlab.
To’yga aytib kulib ketdingiz, g’ururimni pichoqlab,
Endi yig’lab yotar bo’ldim, xo’l yostiqni quchoqlab.

Endi hatto tushimda sizni ko’rsam qochaman,
Yuragimni qadrimga yetar qizga ochaman.
Endi hatto tushimda sizni ko’rsam qochaman,
Yuragimni o’zimdek g’or, sodda qizga ochaman.

Voh, qaydanam uchradi sizdek go’zal oy qizi,
Sovchi qoyib qoraydi mendek g’aribning yuzi.(x2)

Telba debsiz, rostdan ham o’xshab qoldim telbaga,
Kelin bo’larsiz debmaney man yashagan kulbaga.
Kelin bo’lolmasangiz biznikidek kulbaga,
Ko’zlar suzib, qosh uchirmang manga o’xshash telbaga.

Voh, qaydanam uchradi sizdek go’zal boy qizi,
Sovchi qoyib qoraydi mendek g’aribning yuzi.
Voh, qaydanam uchradi sizdek go’zal oy qizi,
Sovchi qoyib qoraydi mendek g’aribning yuzi.

Bo’ylarimga bo’yingiz mos ekan deb suyibman,
Yuragimga qanchalar orzu-havas tuyibman. (x2)
O’ylamay-netmay sevib xato qilib qo’yibman,
Yuzingizda tabassumni man sevgiga yo’yibman.

Alisher Fayz Oy qizi qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Alisher Fayz Oy qizi qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!