Alisher Fayz Qilpillama qo’shiq matni

Qo’shiq matni Alisher Fayz Qilpillama

[Alisher Fayz]
Qoshing o’smadakkina, qilpillama,
Beling tasmadakkina, qilpillama,
Men seni kampir desam, qilpillama dodey,
Qilig’ing qizdakkina, qilpillama.

Qilpillama, jonginam, qilpillama,
Qilpillama, jonginam, qilpillama.

[Shahzoda]
Sholi soldim keliga, qilpillama,
Tegirmonning yo’liga, qilpillama,
Shohi qiyiq yarashar, qilpillama dodey,
Cholginamning beliga, qilpillama.

Qilpillama, jonginam, qilpillama,
Qilpillama, jonginam, qilpillama.

[Alisher Fayz]
Belbog’imning qirg’og’i, qilpillama,
Shirin kampir qarog’i, qilpillama,
Qo’sha qarib yurganning, qilpillama dodey,
O’chmas sira chirog’i, qilpillama.

Qilpillama, jonginam, qilpillama,
Qilpillama, jonginam, qilpillama.

[Shahzoda]
Ro’molim uchi sochiq, qilpillama,
Kelsang darvozam ochiq, qilpillama,
Jon tasadduq bo’yingga, qilpillama dodey,
Bo’lganman chindan oshiq, qilpillama.

Qilpillama, jonginam, qilpillama,
Qilpillama, jonginam, qilpillama. (x2)

Alisher Fayz Qilpillama qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Alisher Fayz Qilpillama qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!