Anora Yomg’ir qo’shiq matni

Qo’shiq matni Anora Yomg’ir

[Anora]
Ushbu dardli ovozlar –
Yerga to’kilgan yoshlar,
Yangilaydi yaramni,
Azizim, eslatib ko’zlaringni.

Osmon ham men kabi yig’lamas,
Chunki uning yoshlari achchiq emas.
Oftob ham men kabi yonolmas,
Chunki uning bag’rida zulmat bo’lmas.

So’nggi nafasimda ham,
Seni deb so’nar tanam.
Bilmay qalbim mehrini,
Qoldirding yolg’izlik sexrini.

Osmon ham men kabi yig’lamas,
Chunki uning yoshlari achchiq emas.
Oftob ham men kabi yonolmas,
Chunki uning bag’rida zulmat bo’lmas.

[Jahongir.Uz]
Aybim nima? Ayb senda demayman,
Chunki biror aybni senga ravo ko’rmayman.
Seni qiynagandan ko’ra ayanchli vijdon,
Mayli qaylarda bo’lay, gunohkor inson.

Seni sarxush noming men uchun madad,
Ushbu madad bilan yashayman to abad.
Mayli barcha qorong’ulikni men tomon yubor,
Faqat uchramasin senga zarracha g’ubor.

[Anora]
Osmon ham men kabi yig’lamas,
Chunki uning yoshlari achchiq emas.
Oftob ham men kabi yonolmas,
Chunki uning bag’rida zulmat bo’lmas. (x2)

Anora Yomg’ir qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Anora Yomg’ir qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!