Avazbek Olimov Meni unut qo’shiq matni

Qo’shiq matni Avazbek Olimov Meni unut

Yoshlikning baxtli chog’ida,
Sevgining visol bog’ida,
Uchrashdik ko’kdagi oy-u,
Yulduzlarning guvohida.

Taqdirning baxonasida,
Muhabbat ostonasida,
Tugadi baxtli kunimiz,
Yetmayin nihoyasiga.

Meni unut,
Unut, unut sevgilim.
Meni unut,
Unut, qiynama dilim.
Meni ham eslama, yo’q,
Qaytadan izlama, yo’q,
Yo’q, yo’q,
Bu sevgi bir umr
Bo’ldiku armonim. (x2)

Hayolda qoldi u kunlar,
Sexrli kecha-yu tunlar,
Oz fursat bo’lsada, jonim,
O’tmas mungli u yillar.

U damlar qaytmaydi endi,
U tonglar otmaydi endi,
Armonli baxtga qo’limiz
Afsuski yetmaydi endi.

Meni unut,
Unut, unut sevgilim.
Meni unut,
Unut, qiynama dilim.
Meni ham eslama, yo’q,
Qaytadan izlama, yo’q,
Yo’q, yo’q,
Bu sevgi bir umr
Bo’ldiku armonim. (x4)

Avazbek Olimov Meni unut qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Avazbek Olimov Meni unut qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!