Bayram guruhi O’zbek qizlari qo’shiq matni

Qo’shiq matni Bayram guruhi O’zbek qizlari

Ko’zlarini suzib-suzib menga qarasa,
Ro’molini hilpillatib, kulib o’ynasa,

Oydan go’zal, kundan go’zal,
O’zbekning qizlari hammadan go’zal. (x2)

Lola-yu Dildora, Muqaddas,
Ko’z-ko’z qilib kiyibsiz atlas.

Qizlar guli, yigit siri –
Lola-yu Dildora, Muqaddas. (x2)

Qoshlariga taram-taram o’sma yarashar,
Hamma o’zbek yigitlari sizga qarashar.

Oydan go’zal, kundan go’zal,
O’zbekning qizlari hammadan go’zal. (x2)

Lola-yu Dildora, Muqaddas,
Ko’z-ko’z qilib kiyibsiz atlas.

Qizlar guli, yigit siri –
Lola-yu Dildora, Muqaddas. (x2)

Sochlarini bellariga yoyib tarasa,
Oh, yuragim ado bo’ldi menga qarasa.

Oydan go’zal, kundan go’zal,
O’zbekning qizlari hammadan go’zal. (x2)

Lola-yu Dildora, Muqaddas,
Ko’z-ko’z qilib kiyibsiz atlas.
Qizlar guli, yigit siri –
Lola-yu Dildora, Muqaddas.
Qizlar guli, yigit siri –
Lola-yu Dildora, Muqaddas. (x2)

 Bayram guruhi O’zbek qizlari qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Bayram guruhi O’zbek qizlari qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!