Botir Qodirov Diydor uchun qo’shiq matni

Qo’shiq matni Botir Qodirov Diydor uchun

Dunyo go’zal sen bor uchun,
Borsam baxtu ozor uchun-ey.
Men yashayman sog’inchlarda
Bir lahzalik diydor uchun-ey.

Chinorning ostida o’zim,
Qadrning pastida o’zim,
Bosh egik, sarg’aydi yuzim
Bir lahzalik diydor uchun-ey.
O’zim har joydaman, ko’nglim sandadir-a,
Bir lahzalik diydor uchun-ey.

Kunlarni tunga ulayman,
Tushga kirar deb uxlayman. (x2)
Mayli undan so’ng o’lay man
Bir lahzalik diydor uchun-ey. (x2)

Chinorning ostida o’zim,
Qadrning pastida o’zim,
Bosh egik, sarg’aydi yuzim
Bir lahzalik diydor uchun-ey.
O’zim har joydaman, ko’nglim sandadir-a,
Bir lahzalik diydor uchun-a.

Ayt sevgilim, mendekmisan,
Dardlarimga sherikmisan?
Balki sen ham tirikmisan
Bir lahzalik diydor uchun-ey. (x2)

Chinorning ostida o’zim,
Qadrning pastida o’zim,
Bosh egik, sarg’aydi yuzim
Bir lahzalik diydor uchun-ey.
O’zim har joydaman, ko’nglim sandadir-a,
Bir lahzalik diydor uchun-ey.

Ey, bir lahzalik diydor uchun-ey…

Botir Qodirov Diydor uchun qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Botir Qodirov Diydor uchun qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!