Farruh Komilov Mini-mini qo’shiq matni

Qo’shiq matni Farruh Komilov Mini-mini

Oddiy so’zlardan qo’shiq yasab,
Yoqimli nolalar bilan bo’yab,
His-tuyg’uda bastalab,
Aytsam ham tushunmaysan.

Keldim bir necha martalab,
Ko’nglim uchun ham parvo qilmaysan.
Chiroyli, ammo bag’ri toshsan.
Sevgi nima bilmaysan,
Sen hali judayam yoshsan.

Mini-mini, mini-mini, oppog’oyim mani,
Kichi-kichi-kichkintoyim.
Rosa-rosa, rosa-rosa laqillatib mani,
Chopqillab yuradi doim. (x2)

Tushunolmayman nima sabab
Kulasan oynadan nozli qarab?
Yuraman xayolparast,
Uxlamay to ertalab.

Seni deb har kun parvona,
O’taman darvozangning yonidan.
Holim so’ramading bir bora,
Men hali hamon ovora, men haliyam ovora.

Mini-mini, mini-mini, oppog’oyim mani,
Kichi-kichi-kichkintoyim.
Rosa-rosa, rosa-rosa laqillatib mani,
Chopqillab yuradi doim. (x2+x1+x1)

 Farruh Komilov Mini-mini qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Farruh Komilov Mini-mini qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!