Gulsanam Mamazoitova Qaydasan qo’shiq matni

Qo’shiq matni Gulsanam Mamazoitova Qaydasan

Ey, manim shirinzabon, oromijonim qaydasan,
Bu ko’ngil bo’stonida g’uncha dahonim qaydasan? (x2)

Necha kundir bu ko’ngil mushtoqi diydoring erur,
O’rgilay, ey dilbarim, shirinzabonim qaydasan? (x2)

Qaydasan, yor qaydasan, oromijonim qaydasan,
Qaydasan, yor qaydasan, ey mehribonim qaydasan? (x2)

Ayrilib man yordan bir necha kun bo’ldim judo,
Axtarib keldim sani, g’uncha dahonim qaydasan?

Holimiz behad yomondur, kelmading holim so’rab,
Ey, manim xush mehribon, oromijonim qaydasan?

Ayrilib man yordan bir necha kun bo’ldim judo,
Axtarib keldim sani, g’uncha dahonim qaydasan?

Holimiz behad yomondur, kelmading holim so’rab,
Ey, manim xush mehribon, oromijonim qaydasan?

Ko’zlarim ko’rmas bo’lib qoldi bu g’am sahrosida,
Hasratingda chiqdi bu ohu fig’onim, qaydasan?

Tashna labdur Mashrabon, bo’ldi yuragim ham kabob,
Furqatingda ey manim xush mehribonim qaydasan?

Qaydasan, yor qaydasan, oromijonim qaydasan,
Qaydasan, yor qaydasan, ey mehribonim qaydasan? (x2)

 Gulsanam Mamazoitova Qaydasan qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Gulsanam Mamazoitova Qaydasan qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!