Gulsanam Mamazoitova Sevilmoq qoldi qo’shiq matni

Qo’shiq matni Gulsanam Mamazoitova Sevilmoq qoldi

Men seni sevdimu sevilmoq qoldi,
Majnunu devona deyilmoq qoldi. (x2)
Men ham bir zamonlar mag’rur edim oh, yor-ey,
Taslim etdi ishqing, egilmoq qoldi. (x2)
Men seni sevdimu sevilmoq qoldi.

Ohusan, yuksakda saning makoning,
Pastdaman, intizor tikilmoq qoldi. (x2)
Senga bahor kabi yashnamoq taqdir,
Menga kuz singari to’kilmoq qoldi. (x2)
Men seni sevdimu sevilmoq qoldi.

Vaslingga yetmoqqa choram qolmadi,
Kutishdan hech bu ko’zlarim tolmadi. (x2)
Muhabbat ne ko’yga mani solmadi,
Faqat oyog’ingga yiqilmoq qoldi. (x2)

Men seni sevdimu sevilmoq qoldi,
Majnunu devona deyilmoq qoldi.
Men ham bir zamonlar mag’rur edim oh, yor-ey,
Taslim etdi ishqing, egilmoq qoldi.

Men ham bir zamonlar mag’rur edim oh,
Taslim etdi ishqing, egilmoq qoldi.
Men seni sevdimu sevilmoq qoldi…

 Gulsanam Mamazoitova Sevilmoq qoldi qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Gulsanam Mamazoitova Sevilmoq qoldi qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!