Gulsanam Mamazoitova Yor-yorni ayting qo’shiq matni

Qo’shiq matni Gulsanam Mamazoitova Yor-yorni ayting

Ayt sevgi, bu axir nima qilganing –
Men yorga desam, sen qayga chorlading? (x2)
O’lanchilar eski o’lanni qo’ying,
Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting. (x2)
Yor-yorni ayting.

Qizning taqdiridan qiziq narsa yo’q,
Siniq ko’nglidanda siniq narsa yo’q. (x2)
Mening armonimdan tiniq narsa yo’q,
Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting. (x2)
Yor-yorni ayting.

Men sevgi bog’idan uzilgan gulman,
Zimiston ichida yo’qolgan nurman.
Endi oydek qizmas, baxtsiz kelinman,
Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting.
Yor-yorni ayting.

Tindiring surnayning ovozasini,
Berkitishdi baxtim darvozasini. (x2)
Larzaga keltirib to’yxonasini
Bilsangiz eng dardli yor-yorni ayting. (x2)
Yor-yorni ayting. (x2)

Gulsanam Mamazoitova Yor-yorni ayting qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Gulsanam Mamazoitova Yor-yorni ayting qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!