Hilola Hamidova Bahor kelsa qo’shiq matni

Qo’shiq matni Hilola Hamidova Bahor kelsa

Bahor kelsa, gul bo’ladi bu tog’lar,
Bulbullardan egiladi butoqlar.
Bahor bo’yi adirlarni kutganda,
Jannatda ham topilmaydi bu chog’lar-ey, bu chog’lar. {x2}

Bahor keldi, chaman bo’ldi gullarim,
Chaman bo’ldi yolg’izoyoq yo’llarim.
Jilg’alardek, yilg’alardek yugurib,
Yeldek yeldi yolg’izoyoq yo’llarim-ey, yo’llarim. {x2}

Qaydan qayga yugurasan, yelasan?
Yiroqlardan nelar olib kelasan?
Bolaligim, qaysarligim, sho’xligim,
Ne kunlarni boshginamga solasan-ey, o’rgilay? {x2}

O-o, uyim yolg’izoyoq yo’lning boshida,
Qahri qattiq o’xshar tog’lar toshiga.
Pinhon-pinhon yetaklaydi qaylarga?
Tashnamidi ko’zginamning yoshiga-ey, yoshiga? {x3}

 Hilola Hamidova Bahor kelsa qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Hilola Hamidova Bahor kelsa qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!