Hilola Hamidova Maqtamang qo’shiq matni

Qo’shiq matni Hilola Hamidova Maqtamang

Go’zallik deb bulbullar
Navosini maqtamang,
Chamanlarning muattar
Havosini maqtamang.
Yo hayotning omonat
Safosini maqtamang.

Axir ne bor dunyoda
Yor vaslidan ziyoda?
Ayting ne bor dunyoda
Yor vaslidan ziyoda?

Vasl istasa har kim
Yor ko’yida yelmoq bor,
Hijronu sitamlardan
Shaksiz ustun turmoq bor.
Yo baxtiyor kulmoq bor,
Yoki ado bo’lmoq bor.

Ayting ne bor dunyoda
Yor vaslidan ziyoda?
Axir ne bor dunyoda
Yor vaslidan ziyoda?

Sevgingizni yashirmang,
Jumlai jahon bilsin,
Ochsin sizga sirini
Muhabbat degan tilsim.
Hey, egilmagan boshingiz
Yor qoshida egilsin.

Axir ne bor dunyoda
Yor vaslidan ziyoda?
Ayting ne bor dunyoda
Yor vaslidan ziyoda?

Go’zallik deb bulbullar
Navosini maqtamang,
Chamanlarning muattar
Havosini maqtamang.
Yo hayotning omonat
Safosini maqtamang.

Ayting ne bor dunyoda
Yor vaslidan ziyoda?
Axir ne bor dunyoda
Yor vaslidan ziyoda?

Chamanlarning muattar
Havosini maqtamang.
Yo hayotning omonat
Safosini maqtamang.

Axir ne bor dunyoda
Yor vaslidan ziyoda?
Ayting ne bor dunyoda
Yor vaslidan ziyoda?

Ayting ne bor dunyoda
Yor vaslidan ziyoda?

 Hilola Hamidova Maqtamang qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Hilola Hamidova Maqtamang qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!