Hilola Hamidova Titradim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Hilola Hamidova Titradim

Gul atri gulbog’ ichra gul novdasin kuydirar,
Oshiqning ohi hargiz dil pardasin kuydirar. (x2)

Yaratgan tanlab-tanlab qul bandasin suydirar,
Tavoningga to’kilgan tamannodan titradim-ey. (x2)
Hey, tamannodan titradim.

Boychechakni bozorda terganni kim ko’ribdi,
Qaldirg’ochga bu qoshni berganni kim ko’ribdi? (x2)

Yolg’izning yostig’ini kulganin kim ko’ribdi,
Tavoningga to’kilgan tamannodan titradim-ey. (x2)
Hey, tamannodan titradim-ey.

Zulfizarin ifori axtardim atirda yo’q,
Qoshlarining qiyosi men topgan satrda yo’q. (x2)

Mahmudni kul qiygaydir ko’ksida gullagan cho’g’,
Tavoningga to’kilgan tamannodan titradim-ey. (x2)
Hey, tamannodan titradim-ey.

Gul atri gulbog’ ichra gul novdasin kuydirar,
Oshiqning ohi hargiz dil pardasin kuydirar.

Yaratgan tanlab-tanlab qul bandasin suydirar,
Tavoningga to’kilgan tamannodan titradim-ey.
Hey, tamannodan titradim-ey.

 Hilola Hamidova Titradim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Hilola Hamidova Titradim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!