Hosila Rahimova Bos, bos qo’shiq matni

Qo’shiq matni Hosila Rahimova Bos, bos

Boychibor o’rtanib kishnadi,
So’lig’in chidona tishladi, (x2)
Qurga kirgin or uchun,
Ko’nglingda menday yor uchun. (x2)

Bu yolg’onchi dunyoda
O’tkinchi erur bari.
Hayot maydoni, bilsang,
Asli o’zi ko’pkari.

Bos, bos, qamchi bos,
Ot choptir yigitga mos. (x2)
Ey jigit, boshing ko’tar,
Yashagin jigitga xos!
Chovog’on boshing ko’tar,
Yashagin jigitga xos!

Ozonda o’kirgan o’zingmi,
Burgutdek tikilgan o’zingmi, (x2)
Shaylandim, omad – bevafo,
Davraga kirsam o’zim yo? (x2)

Bu yolg’onchi dunyoda
O’tkinchi erur bari.
Hayot maydoni, bilsang,
Asli o’zi ko’pkari.

Bos, bos, qamchi bos,
Ot choptir yigitga mos. (x2)
Ey jigit, boshing ko’tar,
Yashagin jigitga xos!
Chovog’on boshing ko’tar,
Yashagin jigitga xos!

Egarga yarashgan o’zim,
Xudoyim qarashgan o’zim. (x2)
Elimda uloqqa cho’zildim,
Or-nomus talashgan o’zim! (x2)

Bu yolg’onchi dunyoda
O’tkinchi erur bari.
Hayot maydoni, bilsang,
Asli o’zi ko’pkari.

Bos, bos, qamchi bos,
Ot choptir yigitga mos. (x2)
Ey jigit, boshing ko’tar,
Yashagin jigitga xos!
Chovog’on boshing ko’tar,
Yashagin jigitga xos!

Ey jigit, boshing ko’tar,
Yashagin jigitga xos!
Chovog’on boshing ko’tar,
Yashagin jigitga xos!

Hosila Rahimova Bos, bos qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Hosila Rahimova Bos, bos qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!