Hosila Rahimova Opa qo’shiq matni

Qo’shiq matni Hosila Rahimova Opa

Opa, bulut bo’lib sitilib ketdim,
Opa, yashin bo’lib yiqilib ketdim,
Opa, yomg’ir bo’lib to’kilib ketdim,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Rangimning rangini eslolmay qoldim,
Tomog’im achishib, yig’lolmay qoldim,
G’aflat bosib sizni yo’qlolmay qoldim,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Yostig’imga oylar botsin desangiz,
Kunduz yonimizda yotsin desangiz,
Yostig’imga oylar botsin desangiz,
Yulduz yonimizda yotsin desangiz,
Bir kunim odamday o’tsin desangiz,
Opa, dardlashgani keling bir kecha.

Bir kunim odamday o’tsin desangiz,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Hamma azobimga topasiz chora,
Kelsangiz xorligu zorlik nachora,
Yaxshiyam sizni tuqqan onam bechora,
Otamni eslaylik, keling bir kecha.

Qo’shig’im rayhondir, qo’shiqlarim zarrin,
Bir ko’nglim podshohdir, bir ko’nglim g’arib,
Xudodan so’rovdimmi xofiza bo’lay deb?
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Bolaligimga qaytib, sho’x yel bo’lay men,
Dardlarimni aytib, yengil bo’lay men, (x2)
Keling, yana sizga singil bo’lay men, (x2)
Opa, dardlashgani keling bir kecha,
Opajonim, dardlashgani keling bir kecha.

Opa, dardlashgani keling bir kecha…

 Hosila Rahimova Opa qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Hosila Rahimova Opa qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!