Jasur Umirov Do’stim qo’shiq matni

Qo’shiq matni Jasur Umirov Do’stim

Ey do’stim, jon do’stim,
Dunyo nega yaralgan? (x2)
Sen kimga zorsan-u,
Zoru vafodorsan-u,
Zorligingni nega bilmagan? (x2)

Oh do’stim, jon do’stim,
Sinov uchun yaralgan dunyo. (x2)
Sevgida bordir azob,
Azobsiz bo’lmas visol,
Shuning uchun yaralgan xijron. (x2)

Ey do’stim, jon do’stim,
Ko’z yosh nedan yaralgan? (x2)
Baxtli kunlarda ham,
G’am-alam yutganda ham,
Inson nega yig’lagan? (x2)

Oh do’stim, jon do’stim,
Tuyg’udan yaralgan ko’z yosh. (x2)
Ko’z yoshing tomchilab,
G’uborlaringni yuvgan,
Shuning uchun yig’lagan inson. (x2)

Sevgini rad etmangizlar,
Oshiq ko’ngli sinmasin. (x2)
Sevgida bordir azob,
Azobsiz bo’lmas visol,
Shuning uchun yaralgan xijron.

Ko’zyoshing tomchilab,
G’uborlaringni yuvgan,
Shuning uchun yig’lagan inson.

Jasur Umirov Do’stim qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Jasur Umirov Do’stim qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!