Jo’rabek Orzu qo’shiq matni

Qo’shiq matni Jo’rabek Orzu

Qalbimda gullar ochila boshlar,
Quvonchim ko’kka sochila boshlar,
Chunki sen borsan mening ertagim,
Xayollarim sensan.

Tunlarim kunga aylana boshlar,
Ko’zingdan aslo oqmasin yoshlar,
Umrimning bori, konglimning zori
Tanho o’zingsan jonim.

Bor bo’lgim kelar orzularingda,
Bor bo’lgim kelar xayollaringda,
Sen bilan go’zal ertaklarimda
Majnundek parvoz etsam deyman. (x2)

Mehringdan dardlar dilni tark etar,
Chehrangda gullar yorishib ketar,
Sen deb yashayman mening hayotim,
Orzularim sensan.

Shirin so’zlaring ko’nglim erkalar,
Daryo ko’zlaring aqlimni olar,
Hamma shartingga tayyorman faqat
Sevaman desang, jonim.

Bor bo’lgim kelar orzularingda,
Bor bo’lgim kelar xayollaringda,
Sen bilan go’zal ertaklarimda
Majnundek parvoz etsam deyman. (x5)

Bor bolgim kelar…

Jo’rabek Orzu qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Jo’rabek Orzu qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!