Kumush Razzoqova Siz yoqqansiz qo’shiq matni

Qo’shiq matni Kumush Razzoqova Siz yoqqansiz

Siz yoqqansiz menga hamisha,
Faqat buni etmovdim oshkor.
O’ylovdimki, yurak topishar
Bizdan ketgach sabru ixtiyor.

O, men sizni qanchalar kutdim,
Mana oq soch, mana bu ajin.
Kunlarimni tortqilab yutdi
Shum yolg’izlik, farishta vaji.
Kunlarimni tortqilab yutdi
Shum yolg’izlik, farishta vaji.

Ortingizdan ketishim mumkin,
Yo’l tugasa, yo’lsiz tentirab.
Ammo, ayting, yig’laysiz nechun,
Manglayingiz devorga tirab?
Faqat, ayting, yig’laysiz nechun,
Manglayingiz devorga tirab?

O, hech sizga yetmasin ozor,
Tushunaman, yillar andisha.
Faqat sizga etmovdim oshkor –
Siz yoqqansiz menga hamisha.
Faqat sizga etmovdim oshkor –
Siz yoqqansiz menga hamisha.

O’ylovdimki, yurak topishar
Bizdan ketgach sabru ixtiyor.
Faqat sizga etmovdim oshkor –
Siz yoqqansiz menga hamisha.
Faqat sizga etmovdim oshkor –
Siz yoqqansiz menga hamisha.

Siz yoqqansiz menga hamisha…
Siz yoqqansiz menga hamisha…

Kumush Razzoqova Siz yoqqansiz qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Kumush Razzoqova Siz yoqqansiz qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!