Lola Ahmedova Ayrilsam qo’shiq matni

Qo’shiq matni Lola Ahmedova Ayrilsam

Hech kimni sizchalik sog’inmaganman,
Devona bo’laman sizdan ayrilsam.
Axir yolg’izlikka qanday chidayman?
Ochilmay so’laman sizdan ayrilsam. (x2)

Ayrilsam, sizdan ayrilsam,
Ochilmay so’laman sizdan ayrilsam.
Jonim, ayrilsam, men sizdan ayrilsam,
Men qanday yashayman sizdan ayrilsam?

Sizsiz bir daqiqam bir million yilday,
Yoningizga borish ming yillik yo’lday.
Yig’latmang, ko’z yoshim sachraydi durday,
Men yomon yig’layman sizdan ayrilsam.

Ayrilsam, men sizdan ayrilsam,
Ochilmay so’laman sizdan ayrilsam.
Jonim, ayrilsam, men sizdan ayrilsam,
Men qanday yashayman sizdan ayrilsam?

Keling ko’rishaylik, yolg’izim, jonim,
Hech xafa qilmayman, azizim, borim. (x2)
Devonaginam mening, bo’ynimda dorim,
Ishoning, o’laman sizdan ayrilsam.

Ayrilsam, ayrilsam,
Ochilmay so’laman sizdan ayrilsam.
Jonim, ayrilsam, men sizdan ayrilsam,
Men qanday yashayman sizdan ayrilsam?

 Lola Ahmedova Ayrilsam qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Lola Ahmedova Ayrilsam qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!