Lola Ahmedova Lolajon qo’shiq matni

Qo’shiq matni Lola Ahmedova Lolajon

Lolajon, lolajon, lolajon, lola,
Lolajon, lolajon, lolajon. (x2)

Senga sevgim – sevgilarning tozasi,
Yurakkinam – ishqimning gul kosasi. (x2)
Bir bor qiyo aylasang-chi zoringga,
Yulduzlarni uyg’otdi oh-nolasi. (x2)

Lolajon, lolajon, lolajon, lola,
Lolajon, lolajon, lolajon. (x2)

Samo yaqin, oy yaqin, sensan uzoq,
Har subhidam ichganim achchiq firoq. (x2)
Qirq kokiling asiri qirq ming xayol, (x2)
Qaro zulfing dilimga qo’ymish tuzoq. (x2)

Lolajon, lolajon, lolajon, lola,
Lolajon, lolajon, lolajon. (x2)

Oxiri yo’q hijron, nolalarning,
Ko’zlarimning yomg’iri jolalarning. (x2)
Dardim aytib, bag’rini qon ayladim (x2)
Adirdagi qizg’aldoq, lolalarning. (x2)

Lolajon, lolajon, lolajon, lola,
Lolajon, lolajon, lolajon. (x4)

 Lola Ahmedova Lolajon qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Lola Ahmedova Lolajon qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!