Madina Mumtoz Ey yor qo’shiq matni

Qo’shiq matni Madina Mumtoz Ey yor

Ey yor, ishqim seni devona qilsin,
Mayxonalar ichra mastona qilsin. (x2)

Kunduzlar bo’lmasin-ey tinching, oroming-ey,
Tunlar bahobingdan begona qilsin. (x2)
Ey yor, ishqim seni devona qilsin.

Visol istab sen ham Majnun misoli
Ovora bo’l, dunyo afsona qilsin.

Bu go’zal gulzoru, bog’u chamanda, dod,
Bulbuldek nolishing giryona qilsin. (x2)
Ey yor, ishqim seni devona qilsin.

Olov ishqim sening bag’ring o’rtasin,
Devona darvishga hamxona qilsin. (x2)

Ko’ksingni kuydirsin ishq o’ti toki
Ovora bo’l, do’stlar afsona qilsin.

Bir yonda sensan-u bir yonda menman-o,
Muhabbat ikkimiz bir yona qilsin.

Ey yor, ishqim seni devona qilsin, (x2)
Mayxonalar ichra mastona qilsin. (x2)

Ey yor, ishqim seni devona qilsin,
Mayxonalar ichra mastona qilsin.
Muhabbat ikkimiz bir yona qilsin.

 Madina Mumtoz Ey yor qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Madina Mumtoz Ey yor qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!