Mahmud Namozov Boybicha qo’shiq matni

Qo’shiq matni Mahmud Namozov Boybicha

Boybicha chiqdi otday bo’lib,
Oq yuzlari sutday bo’lib.
Ikki olma yanog’i,
Bahorda pishgan tutday bo’lib.

Ishim bora, ishim bor,
Kissamda kishmishim bor. (x2)
O’ldirsin mani, kuydirsin-a,
Shu qizchada ishim bor. (x2)

Suyab qo’ying bir ketdi,
Mahsi, kovush g’irch etdi, (x2)
Bir piyola may bergin-a,
Tomoqqinam g’ilt etdi. (x2)

Ishim bora, ishim bor,
Kissamda kishmishim bor. (x2)
O’ldirsin mani, kuydirsin-a,
Shu qizchada ishim bor. (x2)

Aytdim-a, aytdim boyvachcha,
Sayrdan qaytdim, Boybicha. (x2)
Sendayini topolmay-a,
Yoningga qaytdim, Boybicha. (x2)

Boybicha chiqdi otday bo’lib,
Oq yuzlari sutday bo’lib.
Ikki olma yanog’i,
Bahorda pishgan tutday bo’lib.

Ishim bora, ishim bor,
Kissamda kishmishim bor. (x2)
O’ldirsin mani, kuydirsin-a,
Shu qizchada ishim bor. (x2)

 Mahmud Namozov Boybicha qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Mahmud Namozov Boybicha qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!