Malika Egamberdiyeva O’rik gullaganda qo’shiq matni

Qo’shiq matni Malika Egamberdiyeva O’rik gullaganda

Novdalarni bezab g’unchalar,
Tongda aytdi hayot otini.
Yor, yor, yor, yoringmaney.

Va shabboda qurg’ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
Yor, yor, yor, yoringmano.

Har bahorda shu bo’lar takror,
Har bahor ham shunday o’tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi,
Yor, yor, yor, yoringmaney.

Joon, mana senga olam-olam gul, gul,
Etagingga siqqanicha ol.
Bunda tole har narsadan mo’l, jon,
To o’lguncha shu o’lkada qol, jon,
Bir umrga shu o’lkada qol.

Har bahorda shu bo’lar takror,
Har bahor ham shunday o’tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi,
Yor, yor, yor, yoringmaney.

Yellar meni aldab ketadi,
Yor, yor, yor, yoringmaney.

 Malika Egamberdiyeva O’rik gullaganda qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Malika Egamberdiyeva O’rik gullaganda qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!