Mango guruhi Dard qo’shiq matni

Qo’shiq matni Mango guruhi Dard

Dard berar,
Jonim, sen buni sezmaysan,
Yurak sezar,
Lekin sen buni bilmaysan. (x2)

Har sari yoningga men borar bo’lsam,
Dard so’zlarimni senga aytar bo’lsam,
Ko’nglimning ko’chasidan o’tmading hech,
Ming aro ishqingda zor yonar bo’lsam.

Darz ketgan yuragim ming chekar alam,
Sensizlikning ozori bitmaydi hech ham.
Ko’r ekan aslida sevgining ko’zi,
Aybimmidi sevganim seni chindan?

Nolalarim yetdi osmonga,
Yuz burdi yurak bugun armonga,
Halovatsiz tunlarim botdim hijronga,
Aytgin, nega sen buni sezmaysan?

Dard berar,
Jonim, sen buni sezmaysan,
Yurak sezar,
Lekin sen buni bilmaysan. (x2)

Birgina orzuyim ushalar deya,
Ismingni avaylab yozdim qalbimga,
Yetmadi sevgim kuyi avjiga,
Yetmadi ohlarim, netay, senga.

Darz ketgan yuragim ming chekar alam,
Sensizlikning ozori bitmaydi hech ham.
Ko’r ekan aslida sevgining ko’zi,
Aybimmidi sevganim seni chindan?

Nolalarim yetdi osmonga,
Yuz burdi yurak bugun armonga,
Halovatsiz tunlarim botdim hijronga,
Aytgin, nega sen buni sezmaysan?

(Dard berar…)

Dard berar,
Jonim, sen buni sezmaysan,
Yurak sezar,
Lekin sen buni bilmaysan. (x2)

Mango guruhi Dard qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Mango guruhi Dard qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!