Mansurxon Nurmatov Gullar arosindasan qo’shiq matni

Qo’shiq matni Mansurxon Nurmatov Gullar arosindasan

Men senga gul teray desam,
Gullar arosindasan.
Men senga dil beray desam,
Dillar arosindasan. (x2)

Men tomonga kelar desam,
Kundami yo oyda bir,
Sog’inchlarga solib meni,
Yillar arosindasan. (x2)

Gullar arosindasan,
Dillar arosindasan,
Sog’inchlarga solib meni,
Yillar arosindasan. (x2)

Seni pari, paykar dedim,
Ham samodagi malak.
Barchasidan go’zal bo’lib,
Hurlar arosindasan. (x2)

Izlaringni kezib-kezib,
Topmadim yeru ko’kdan,
Ayonki, ummon tubida
Durlar arosindasan. (x2)

Hurlar arosindasan,
Durlar arosindasan,
Sog’inchlarga solib meni,
Yillar arosindasan. (x2)

Oyu quyosh jamolingdan
Olgani rost taftini,
Boqsam ko’zni qamashtirar,
Nurlar arosindasan. (x2)

Oshiq ahli mag’rur o’lmas,
Oshiqlik – qullik erur.
Quling botir desam, minglab
Ko’llar arosindasan. (x2)

Nurlar arosindasan,
Durlar arosindasan,
Sog’inchlarga solib meni,
Yillar arosindasan. (x4)

Sog’inchlarga solib meni,
Gullar arosindasan.

 Mansurxon Nurmatov Gullar arosindasan qo’shiq matni

Bizning saytda siz mashhur san’atkorlar tomonidan qo’shiq matnlarini (yangi qo’shiq so’zlari) tez va onsonlik bilan topasiz. Har kuni yangi o’zbek va chet el san’atkorlari Lyrics-Qo’shiq matnlari faqat siz uchun. Bu Mansurxon Nurmatov Gullar arosindasan qo’shiq matni (teksti) ni do’stlariz bilan baham ko’ring.

Поделись с друзьями текстом песни!